Oshxona ekrani (KDS)

Buyurtma oshxonaga qog'ozsiz yetadi

Buyurtma tushishi bilan taomlar oshpaz planshetida sex bo'yicha paydo bo'ladi. Oshpaz «boshlandi» va «tayyor»ni bosadi, taymer kechikayotgan chiptani sariq va qizil bilan ko'rsatadi.

Ilovani yuklab oling

Tez oradaApp Store
Tez oradaGoogle Play

Sexlar va qaysi taom qaysi sexga tushishi laCafe panelidan olinadi — iiko bo'lsa, undan o'zi keladi.

laCook doskasi: buyurtma chiptalari raqami, turi (zal, yetkazish, olib ketish), taymer, taomlar va izohlar
laCook ulash ekrani: 6 harfli ulanish kodi va aloqa holati
Oshpaz kuni

Chiptadan to tarqatishgacha

Ekran devorda osilib turadi: yirik matn, 2 metrdan o'qiladigan ranglar, minimal bosish.

Sex bo'yichaIssiq sex o'z taomlarini, bar o'z ichimliklarini ko'radi — boshqasi xalaqit bermaydi.
ChiptaBuyurtma raqami, zal va stol, olib ketish yoki yetkazish; modifikator va izohlar.
TaymerHar chiptada o'tgan vaqt; kechiksa sariq, keyin qizil — sex me'yoriga qarab.
HolatlarQatorni bosish bilan: yangi → tayyorlanmoqda → tayyor → berildi. Butun chipta ham bir bosishda.
Imkoniyatlar

laCafe bilan allaqachon bog'langan

laCook laCafe ekotizimining bir qismi: kassa, laPOS, QR-menyu, laKiosk, laTable va yetkazib berish buyurtmalari bir ekranga tushadi.

Internetsiz ham

Filialda kassa serveri yoki laBox bo'lsa, planshet unga lokal tarmoq orqali ulanadi. Topilmasa — bulut orqali; o'zi almashadi.

Yig'ish ekrani (EXPO)

Tarqatuvchi butun buyurtmani ko'radi — tayyorlanmaydigan tovarlar (Cola, non) bilan birga — va «berildi» deydi.

Har buyurtma manbasi

Zal, QR-menyu, kiosk, sayt va yetkazish buyurtmalari bir xil chipta bo'lib tushadi.

Oshpaz — xodim

Har ekran laCafe'da oshpaz sifatida turadi: filial, rejim va sexlari bilan. Uzish — bir tugma.

Doim yonib turadi

Ekran o'chmaydi, yangi chipta kelganda o'zi yangilanadi. Bir martalik kod bilan ulanadi.

3 til

Interfeys o'zbek, rus yoki ingliz tilida — har planshetda alohida.

Oshpaz ko'radigan ekran

Nima pishirish kerakligi — bir qarashda

  • Yuqorida filial, sex va ochiq chiptalar soni
  • Rang: yashil — vaqtida, sariq — kechikmoqda, qizil — kechikdi
  • Tayyorlanayotgan taom — olov, tayyor — yashil belgi
  • Modifikator va izoh qizil-sariqda: «Achchiq bo'lmasin», «Piyozsiz»
  • Aloqa holati ko'rinadi: Lokal yoki Bulut
laCook oshxona doskasi: sex nomi, chiptalar soni, holatlar va kechikkan chipta
Ikki yo'l

Bulut orqali yoki oshxona tarmog'ida

Bitta ulanish kodi ikkalasida ham ishlaydi. Ilova har daqiqada lokal serverni qidiradi va topsa unga o'tadi.

Bulut

Internet orqali, server talab qilinmaydi: chiptalar laCafe'dan keladi. Ko'p restoranlar uchun asosiy yo'l.

Wi-Fi yoki mobil internetserver kerak emas

Lokal

Filialdagi kassa serveri yoki laBox'dagi laPOS orqali, oshxona Wi-Fi'sida. Internet uzilsa ham chiptalar kelaveradi.

laBoxlokal tarmoq, offline

Qurilmalar

iPad, iPhone va Android planshet. Har sexga bitta ekran yoki bitta ekranga bir nechta sex — sozlamada tanlaysiz.

iPad · iPhoneAndroid
laCafe ilovalar do'koni

Oshxonangizga o'rnating — bepul

laCook laCafe ilovalar do'konida. Oshxona moduli yoqilgan restoranda ishlaydi: sexlar, marshrutlar va buyurtmalar laCafe'dan olinadi.

  1. Ilovalar do'koni → laCook → O'rnatishOshxona moduli o'chiq bo'lsa, laCafe o'zi yoqishni taklif qiladi.
  2. Sozlamalar → Ilovalar → laCook → Ekran qo'shishFilial, rejim (sex yoki yig'ish) va sexlarni tanlaysiz — 6 harfli ulanish kodi chiqadi.
  3. Planshetda kodni kiritinglaCook ilovasini oching va kodni kiriting — chiptalar darhol keladi.

Ko'p beriladigan savollar

laCook qancha turadi?

laCafe do'konida bepul. Ekranlar soniga cheklov yo'q.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Filialda kassa serveri yoki laBox bo'lsa, planshet lokal tarmoq orqali ishlayveradi. Faqat bulutli filialda internet kerak — u qaytgach chiptalar o'zi yangilanadi.

Qaysi taom qaysi sexga tushishini qayerda sozlayman?

laCafe panelida: Oshxona → Sexlar. iiko kassasi bo'lsa, sexlar undan o'zi keladi.

Qaysi buyurtmalar ekranga tushadi?

Oshxonaga yuborilgan hamma buyurtma: zal (kassa, laPOS, laWaiter), QR-menyu, laTable, laKiosk, sayt va yetkazish.

Planshet almashtirilsa-chi?

Sozlamada yangi kod olasiz — u bilan ulangan planshet ishlaydi, eskisi o'zi chiqariladi.